Sport | 19:40 / 19.11.2015
6538
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya terma jamoasida rossiyalikka aylantirilgan xorijlik futbolchi paydo bo‘ladi

Rossiya Futbol Ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutkoning aytishicha, yaqin vaqt ichida Rossiya terma jamoasi safiga Rossiya fuqaroligi berilishi orqali xorijdan futbolchi jalb qilinadi

"Yevro-2016 turniri boshlangunicha bironta xorijlik futbolchini rossiyalikka aylantirishga ulguramiz. Bu terma jamoaning rejalariga kiritilgan. Bunga imkoniyat ham bor.

U aniq bir futbolchi nomini aytmagan.

"Masalan, Roman Yeremenko Finlyandiya uchun emas, Rossiya uchun o‘ynay boshlashi mumkin. Cherishev esa Rossiya futboli mahsuloti bo‘lmasada, terma jamoaga jalb qilingan", - deydi Mutko.

Ma'lumot uchun, 1 yil oldin braziliyalik bir qator futbolchilar, xususan Vanderson, Joazino (ikkisi ham "Krasnodar" vakili) hamda Gilerme ("Lokomotiv" darvozaboni) Rossiya fuqaroligini olish uchun harakat boshlagani haqida xabarlar berilgandi.

Yevro-2016 turniri keyingi yilning 10 iyunidan 10 iyuligacha bo‘lgan muddatda, Fransiya yashil maydonlarida o‘tkazilishi belgilangan. Turnir uchun qur'a tashlash marosimi 2016 yilning 12 fevralida, Parij shahrida bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish