14:34 / 19.11.2015
3846

Samarqandda 250 ming so‘m pora olgan mahalla raisi 6 yilga qamaldi

Samarqandda 250 ming so‘m pora olgan mahalla raisi 6 yilga qamaldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Sobir Adilov Samarqand shahridagi Shukrona mahallasiga raislik qilib kelgan. Shu mahallada yashovchi Yeseniya ismli qiz farzand ko‘rganida, uning onasi Natalya bolaga nafaqa tayinlatish maqsadida raisga murojaat qilgan. Adilov undan 250 ming so‘m pul so‘ragan.

Dastlab Natalya unga 50 ming so‘m berib, shu bilan “qutulmoqchi” bo‘lgan. Lekin rais qolgan pulni ham talab qilaverganidan so‘ng ayol tegishli tashkilotlarga murojaat etishga majbur bo‘lgan.

Adilov jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Sud qarori bilan sobiq rais 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilib, 2 yil muddatga mas'ul mansabdorlik lavozimlari bilan bog‘liq ishlarda ishlash huquqidan mahrum etildi.

Top