12:47 / 19.11.2015
2452

Sanches "Arsenal" bilan 5 yillik shartnoma tuzib, jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi

"Arsenal" jamoasi chililik yarim himoyachi Aleksis Sanches bilan shartnomani uzaytirish xususida kelishuvga erishdi.

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, chililik futbolchi londonliklar jamoasi rahbariyati bilan yangi 5 yillik shartnoma tuzadi va haftasiga 155 ming ming funt maosh ola boshlaydi (shu vaqtgacha uning maoshi haftasiga 130 ming funt edi).

Shu tariqa, Sanches "Arsenal"ning eng ko‘p maosh to‘lanuvchi futbolchisiga aylanadi. Bungacha "kanonirlar"ning boshqa 2 yetakchisi Mesut Ozil va Teo Uolkott haftasiga 140 ming funtdan olish orqali jamoadan eng yuqori miqdorda maosh oluvchi futbolchilari sifatida qayd etilishgandi.

Sanchesning amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgandi.

Ma'lumot uchun, Sanches APLning joriy mavsumida 12ta o‘yinda qatnashib, 6ta gol va bitta golli pas muallifiga aylangan.

Top