Jahon | 01:56 / 19.11.2015
2317
2 daqiqa o‘qiladi

Suriya tashqi ishlar vaziri keyingi haftada Rossiyaga tashrif buyuradi

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanovning aytishicha, Suriya tashqi ishlar vaziri Volid Muallim keyingi haftada Rossiyaga tashrif buyuradi va o‘zining rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan terrorchilik bilan kurashish va Suriyadagi siyosiy jarayonni muhokama qiladi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Hozir biz Suriya tomonidan tasdiqni kutmoqdamiz, keyingi haftada ikki vazir o‘rtasida sermahsul va mulohazali maslahatlar bo‘ladi, deb umid qilamiz”, deb aytdi Bogdanov.

Bogdanovning aytishicha, uchrashuv davomida Rossiya va Suriyaning umumiy ishidagi ikki asosiy yo‘nalish – terrorchilikka qarshi kurash va 2012 yil 30 iyundagi Jyeneva kommyunikesi va Vena kelishuvlari bo‘yicha siyosiy jarayonni ilgari surish natijalari va istiqbollari muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yil oktabrda Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiyaga ishchi tashrif bilan kelgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish