10:58 / 19.11.2015
2466

Tomsk viloyati delegatsiyasi O‘zbekistonda muzokaralar o‘tkazdi

2015 yilning 10-15 noyabr kunlari Tomsk viloyati delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi, deya xabar bermoqda Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi.
Delegatsiya tarkibidan Rossiya Federatsiyasining «NPO «NIKOR» YoAJ, «Biolit» MChJ, «Mediko-ekologicheskiy sentr «Dyuny» MChJ kabi tibbiyot muassasalari vakillari o‘rin oldi.

O‘zbekiston Respublikasi va Savdo-sanoat palatasida Tomsk viloyati muassasalarining mahsulotlari prezentatsiyasi va «O‘zfarmsanoat» AK, RVEP «O‘zmedeksport» UK, «O‘ztibtexnika» MChJ, «Dori-Darmon» AK, O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati korxonalari assotsiatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar natijasiga ko‘ra Rossiya va O‘zbekiston tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

Top