Jahon | 16:55 / 19.11.2015
7052
1 daqiqa o‘qiladi

WSJ: AQSh Suriyadagi ixtilofni to‘xtatish uchun Rossiya va Eron ittifoqini bo‘lib yubormoqchi

AQSh va Yevropa davlatlarining fikricha, Rossiya hamda Eron o‘rtasidagi ittifoqning tugatilishi Suriyadagi ixtilofga yakun yasaydi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri yozmoqda.

Aytilishicha, AQSh va YeI bu ittifoqdan norozi, negaki u Suriyaning amaldagi prezidenti Bashar Asadning mavqeini mustahkamlashga qaratilgan. Ular Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Asad bilan aloqalarni uzishga ko‘ndirmoqchi bo‘lmoqda. Bu qadam, diplomatlarning uqtirishicha, IShIDga qarshi harakatlarda barcha tomonlarning birlashib harakat qilishini ta'minlaydi.

Ayni paytda, bunga Eron to‘siq bo‘lishi mumkin, negaki aynan u Kremlni Asad bilan ittifoqchilikka chaqirmoqda. Agarda Rossiya va Eron o‘rtasidagi ittifoq saqlanib qolsa, bu Suriya ixtilofi masalasida xalqaro murosaga erishilishiga to‘siq bo‘ladi, deb yozadi nashr kolumnisti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish