17:37 / 19.11.2015
2751

Xitoyda yuz bergan yer o‘pirilishi qurbonlari soni 38 nafarni tashkil qildi

13 noyabr kuni kechasi Xitoy sharqidagi Chjyetszyan viloyatida yuz bergan yer o‘pirilishi hodisasi tufayli halok bo‘lganlar soni 38 nafarga yetdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar tarqatgan.

Oxirgi ma'lumotlarda 33 kishi halok bo‘lgani va 5 kishi bedarak ketgan deb hisoblanayotgani aytilgandi.

Ushbu yer o‘pirilishi hodisasi Lishuy okrugidagi Lidong qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Tuproq ostida 27ta uy qolib ketgan. Qutqaruvchilar xaroba ostidan faqat bir kishini tirik holda chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishgan. Qutqaruv ishlariga 2300dan ortiq xodim va 80ta texnik vosita jalb qilingan. Qishloqning 300 nafardan ortiq aholisi xavfsiz hududga ko‘chirilgan.

Top