17:57 / 19.11.2015
6459

Yaponiya terroristlarga qarshi jang qilishdan bosh tortdi

Yaponiya harbiy amaliyotlarda ishtirok etmasdan, terrorizmdan jabrlanganlarga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish bilan cheklanadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Shindzo Abening matbuot kotibi Yasuxisa Kavamura RIA “Novosti” agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Yaponiyada mazkur muammoga qarshi kurashda o‘z ulushini qo‘shish mumkin bo‘lgan yo‘liga ega. Bu insonparvarlik missiyasi bo‘ladi. Biz avval ham shunday qilgan edik va buni davom ettiramiz”, - dedi Kavamura.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “insonparvarlik missiyasi” ostida qochqinlarga ko‘mak ko‘rsatish va ular uchun ish o‘rinlarini ochish ishlari amalga oshiriladi. Yakunda bu ekstremizmning pastlashuviga olib kelishi kerak.

Top