Jahon | 10:21 / 20.11.2015
3199
2 daqiqa o‘qiladi

Antimonopol organ: Qirg‘izistondagi deyarli barcha maktablarda pul yig‘iladi

Qirg‘izistondagi qariyb barcha maktablarda pul mablag‘lari yig‘iladi. Bu haqda o‘quvchilarning ota-onalaridan pul mablag‘lari olinishi muhokama qilingan davra suhbatida so‘z bordi.

Monopoliyaga qarshi nazorat davlat agentligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, tozalash, ta'mirlash, darsliklar sotib olish, deraza pardalari, mebel, kompyuter, internet, ishchi daftarlari, ekskursiya, kino, shuningdek, o‘qituvchi, sinf rahbarlari uchun sovg‘alar va boshqalar uchun pul mablag‘lari yig‘iladi.

“Tabiiyki, mazkur yig‘imlarning qonuniyligi borasidagi savol tug‘iladi. Qirg‘iziston qonunchiligida o‘rta maktablar ma'muriyatlariga maktab ehtiyojlari uchun o‘quvchilarning ota-onalarining pul mablag‘laridan foydalanishni taqiqlamaydi. Biroq ota-onalar to‘lovlarni ko‘ngilli ravishda amalga oshirishlari lozim. Bunda ko‘pchilik holatlarda yig‘imlar majburiy tarzda uyushtirilmoqda”, - dedi antimonopolchi.

Mahkama direktori Bolsunbek Kazakovning qayd etishicha, o‘quv yili boshlanishi bilan ota-onalardan shu mazmunda ko‘plab savollar kelib tusha boshlaydi. “Biz – barcha ota-onalarda maktab fondi bo‘yicha ko‘plab savollar bor: ular qanday qilib pul mablag‘larini yig‘adi va qayerga, qanday sarflashadi”, - degan savolni o‘rtaga tashladi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish