Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Arsenal" futbolchilari o‘quvchi bolalar "imtihonidan o‘ta olmadi"
"Arsenal" jamoasining 4 nafar futbolchisi Jyek Uilsher, Ektor Belerin, Kelum Chembers hamda Per Mertezaker jamoaning yosh muxlislari bilan uchrashishdi.
Bu bolalar esa futbolchilarga odatiy savollarni berishdan yiroq bo‘lishib, futbolchilarni murakkabroq savollar bilan qiynashgan.
"Bolalikdagi kumiringiz kim?", "Eng yaxshi ko‘rgan fintingiz qaysisi?", "Qaysi gol siz uchun eng yaxshisi?", "Omadga erishishingiz siri nimada?" kabi standart savollarni kutgan futbolchilar dog‘da qolishgan. Bu jarayon aks etgan video "Arsenal" jamoasining YouTube portalidagi kanalida joylashtirilgan.
Videoda bolalarning savollari futbolchilarni juda noqulay ahvolda qoldirgani, faqatgina Mertezaker ba'zi savollarga to‘g‘ri javob bergani, qolgan futbolchilar esa uyalib qolishganini ko‘rish mumkin.
Ular "Uelscha gol deb qanday golga aytiladi?", "Arsenal" jamoasiga qaysi yilda asos solingan?", "Namibiyaning poytaxti qaysi shahar?" kabi oddiy savollarga ham javob topa olishmagan.