15:45 / 20.11.2015
2823

Bag‘dodda 2ta terakt yuz berib, 9 kishi halok bo‘ldi

Iroq poytaxi Bag‘dod shahrida navbatdagi teraktlar yuz berishi natijasida 9 kishi bu dunyoni tark etdi.

Reyter nashri xabariga ko‘ra, shahardagi shialar masjidida portlashlar sodir etilgan. Ma'lum qilinishicha, jangarilar Yusifi tumanidagi masjidda, juma ibodati vaqtida bomba portlagan hamda 2 kishi halok bo‘lib, 9 kishi jarohatlangan.

Shuningdek, xudkush-terrorchining hujumi tufayli shaharning boshqa nuqtasida 7 kishi halok bo‘lgan va 28 kishi jarohatlangan.

Hozircha bu teraktlar uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmagan.

Qayd etish kerakki, Iroqning shimoli va g‘arbida nazoratni o‘z qo‘liga olgan IShID keyingi bir necha yillarda mamlakatning turli shaharlarida teraktlar sodir etish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Top