12:03 / 20.11.2015
2705

Yekaterinburgdagi poyezdda bomba borligi haqida yolg‘on xabar bergan qirg‘izistonlik ayol hibsga olindi

Rossiyaning Yekaterinburg shahri temir yo‘l sudi poyezdda bomba borligi haqida yolg‘on xabar bergan qirg‘izistonlik ayolni 17 dekabrga qadar hibsda saqlash haqida qaror qildi. Bu haqda sud matbuot xizmatiga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, 17 noyabr kuni Novosibirsk-Adler poyezdidan 400 yo‘lovchi evakuatsiya qilingan. Bunga poyezdga bomba qo‘yilgani haqidagi yolg‘on xabar sabab bo‘lgan. Tekshiruvda hech qanday portlovchi uskuna topilmagan.

Tez orada bu xabarni qirg‘izistonlik ayol bergani aniqlanib, u qo‘lga olindi. Tergov natijasida aniqlanishicha, u yo‘lovchi ayollardan biriga bo‘lgan shaxsiy adovati tufayli bu ishni amalga oshirgan.

Top