22:58 / 20.11.2015
2651

Yevropa Ittifoqi kengashi noqonuniy muhojirlarning barmoq izlarini olish chora-tadbirlarini yo‘lga qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi kengashi hududga kelayotgan noqonuniy muhojirlarning barmoq izlarini olishni hamda ularni aksilterror ma'lumotlar bazasi orqali tekshirishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Bryusselda o‘tkazilgan YeI mamlakatlari ichki ishlar va adliya vazirlarining aksilterror masalasi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishida ma'lum qilingan.

"Migratsiya inqirozi sabab Shengenga kiruvchi mamlakatlar a'zolari YeI hududiga kelayotgan noqonuniy muhojirlarning barmoq izlarini oladi. Bundan tashqari ular haqida “Shengen 2”, Interpol va milliy xizmat bazalaridan ma'lumotlar to‘planadi”, - deyiladi xabarda.

YeI kengashi bu ishni qanday tarzda amalga oshirishga aniqlik kiritimagan. Yevropa chegaralari agentligi Frontex bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilning yanvar oyidan noyabr oyiga qadar Yevropa hududiga 1,2 mln kishi noqonuniy ravishda kirib kelgan.

Top