16:26 / 20.11.2015
2873

Futzal. Osiyo chempionatining barcha ishtirokchilari nomi ma'lum bo‘ldi

2016 yilning fevral oyida Toshkentda o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatining barcha ishtirokchilari nomi ma'lum bo‘ldi.

Barcha saralash o‘yinlari yakunlandi va uning natijasida final bosqichiga yo‘l olgan 13ta terma jamoa aniqlandi.

Ular: Livan, Qatar, Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni (Kuvayt diskvalifikatsiya qilingani uchun), Tailand, Avstraliya, Malayziya, Vetnam, Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy hamda Xitoy Taypey futzal terma jamolaridir.

Ushbu 13 jamoadan tashqari Yaponiya hamda Eron terma jamoalari avvalgi qit'a chempionatida yuqori o‘rinlarni egallagani uchun, shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa mezboni sifatida Toshkentdagi final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olgan.

Eslatib o‘tamiz, 2 dekabr kuni, Toshkentda Osiyo chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning final bosqichi esa 10 — 21 fevral kunlariga belgilangan.

Qur'a tashlashdan oldin jamoalar savatchalarga quyidagicha ajratilishadi:

1-savatcha: O‘zbekiston, Yaponiya, Eron, Tailand.
2-savatcha: Avstraliya, Livan, Vetnam, Iroq.
3-savatcha: Qirg‘iziston, Xitoy Taypeyi, Malayziya, Xitoy.
4-savatcha: Tojikiston, Qatar, Iordaniya, Saudiya Arabistoni.

Top