Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Hilol" adabiy to‘garagi uch yo‘nalishda adabiy to‘plam chop etilishini ma'lum qildi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetidagi "Hilol" adabiy to‘garagi uch yo‘nalishda adabiy to‘plam chop etilishi ma'lum qiladi. Mazkur to‘plamdan asosan yosh ijodkorlarning ijodiy ishlari o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.
1. She'riyat.
2. Nasr.
3. Adabiyotshunoslik.
Mazkur to‘plam tahrir hay'ati:
1. Bahodir Karim, filologiya fanlari doktori, professor
2. Uzoq Jo‘raqulov, filologiya fanlari nomzodi
3. Olim To‘laboyev, filologiya fanlari nomzodi
4. Olim Usmonov, filologiya fanlari nomzodi
5. Muhayyo Yo‘ldosheva, filologiya fanlari nomzodi
6. Adiba Davlatova, filologiya fanlari nomzodi
Har bir xohlovchi o‘z ijodiy ishini quyidagi elektron manzilga 2016 yilning 20 yanvariga qadar yuborishi mumkin: [email protected]
Diqqat!
Yuborilayotgan matnlar turli grammatik, orfografik va puntuatsion xatolardan xoli bo‘lishi kerak.
Yuborilgan har bir maktubga maxsus javob beriladi, agar ish qabul qilinmasa, sabablari ko‘rsatiladi, tahrir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar esa egalariga tahrir uchun qaytariladi.
Har bir muallif o‘z ijodiy ishiga sifatli olingan surat (JPG), qisqa tarjimai holni ilova qilishi lozim.
