15:13 / 20.11.2015
3020

LG smart televizorlari egalari GOOGLE-PLAY xizmatidagi film va seriallar tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishdi

Endilikda LGSmartTV’ning barcha televizorlarida GooglePlayMovies& TV ilovasi mavjud.

2015 yilning 18 noyabr kunida 100dan ortiq mamlakatlardagi LG Smart-televizorlari egalari GooglePlayMovies& TV orqali minglab film va teleko‘rsatuvlarni tomosha qilishlari mumkin. Smart-televizorlar uchun webOS yetakchi platformasiga (avvalgi NetCast 4.0 va 4.5 platformalari bilan birgalikda) ega bo‘lgan Google ilovasi barhayot klassika, yangi premeralar, HD va SD formatidagi mustaqil kino va zavq bag‘ishlovchi kartinalarni tomosha qilish imkonini yaratadi.
GooglePlayMovies & TV yordamida LG televizorlari foydalanuvchilari Gollivud studiyalari tomonidan taklif etiladigan keng assortimentga ega bo‘lgan filmlarni ijaraga olish yoki butunlay xarid qilishlari mumkin. Google’dagi yagona akkaunt saqlash texnologiyalari tanlangan filmni yuklamay turib, darhol Smart-televizorda tomosha qilishni boshlashlari, filmni to‘xtagan joyidan Android-smartfon, planshet yoki kompyuter orqali ko‘rishni davom ettirishlari mumkin.
“Smart-televizorlar bozori ilg‘or ko‘rsatkichlar bilan o‘sib boryapti, bu esa yanada yangi va sifatli mohiyatni ko‘zda tutadi” – deya qayd etdi LG Electronics Home Entertainment kompaniyasi katta vitse-prezidenti hamda TV va monitorlar boshqarmasi rahbari In-kyu Li.
"Bizning asosiy maqsadimiz mazkur talabni qondirish hisoblanadi, bu webOS platformasi asosidagi bizning televizorlarimizdan foydalanishda maksimal darajadagi yorqin taassurotlarni kafolatlash istagi bilangina taqqoslanishi mumkin. Biz xaridorlarimizga bergan va'damizni amalga oshirish uchun kelajakda Google bilan olib borayotgan hamkorligimizni yanada rivojlantiramiz”, deydi u.

Hozirda 104 mamlakat, xususan Rossiyada ham LG Smart televizorlarida Google Play Movies’dan foydalanish mumkin.

Top