Jahon | 17:29 / 20.11.2015
2909
2 daqiqa o‘qiladi

Malida garovga olingan mehmonxonada 138 kishi qolmoqda

Carlson Rezidor nomli mehmonxonalar tarmog‘ining Malidagi vakilining ma'lumotiga ko‘ra, bugun jangarilar tomonidan garovga olingan mehmonxonada 125 nafar mehmon va 13 nafar xizmatchi asirlikda qolmoqda.

"Olingan oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda jami 138 kishi asirlikda bo‘lib turibdi. Ulardan 125 nafari mijozlar, 13 nafari mehmonxona xizmatchilari", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab Mali poytaxti Bamako shahridagi Radisson Hotel Bamako mehmonxonasiga o‘nlab jangarilar bostirib kirdi va 170 kishini asirga oldi. Bosqindan oldin yuz bergan portlash va otishma vaqtida 3 kishi halok bo‘lgan. Ulardan biri fransiyalik, 2 nafari esa malilik.

Mehmonxona atrofi 200 nafarga yaqin harbiy tomonidan o‘rab olingan.

Xabar qilinishicha, bu mehmonxona Air France aviakompaniyasi xodimlari hamda mijozlari tomonidan doimiy ravishda foydalaniladigan mehmonxona hisoblanadi.

Biroz oldinroq, mehmonxonada 80 nafar asir chiqarib olingani haqida xabar berilgandi.

Asirlikda qolayotganlar orasida turklarning Turkish Airlines aviakompaniyasi xodimlari, 20 nafarga yaqin hindistonlik, o‘nlab xitoyliklar hamda Fransiya fuqarolari borligi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish