Jahon | 19:11 / 20.11.2015
2225
1 daqiqa o‘qiladi

Malidagi bosib olingan mehmonxonadan olti nafar amerikalik qutqarib olindi

Malida bosib olingan Radisson Blu mehmonxonasidan olti nafar amerikalik fuqaro ozod etildi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari vakili Mark Chidl ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning maxsus kuchlari garovga olinganlarni ozod etish borasida operatsiya uyushtirgan.

Avvalroq Bamakoda asrga olinganlar orasida amerikalik fuqarolar ham borligi taxmin qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish