13:25 / 20.11.2015
3237

OAV: Levandovski Benites ketsagina, "Real"ga o‘tishi mumkin

Myunxenning "Bavariya" jamoasi hujumchisi Rafael Benites mavsum so‘ngida ham o‘z o‘rnida qoladigan bo‘lsa, "Real"ga o‘tmaydi. Bu haqda Ispaniyadagi Don Balon nashri xabar tarqatgan.

Manbada aytilishicha, polshalik bu futbolchi Benitesning o‘yin falsafasiga mos kelmasligini biladi va "Real"ga o‘tib, maydonda erkin harakatlanishdan mahrum bo‘lmoqchi emas.

Shu bilan birgalikda, Levandovski "Qirollik klubi" safida o‘ynashga ishtiyoqi baland ekani va muzokaralarga kirishishga tayyor ekani aytilgan.

Biroz oldinroq, Levandovskining agenti Tsezari Kuxarski uning mijozi madridliklar bilan kelishuvga erishgani haqidagi ma'lumotni rad etgandi.

Undan oldinroq, "Real" Ronalduga o‘rinbosar topgani, bu jamoa prezidenti Florentino Peresning sevimli futbolchisi Robert Levandovski ekani haqida xabar berilgandi.

Top