Jahon | 15:33 / 20.11.2015
5033
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Radisson mehmonxonasidagi 80 kishi garovdan ozod qilindi

Malidagi Radisson mehmonxonasida garovga olinganlardan 80 nafari qutqarib olindi. Bu haqda Agency France Presse xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr kuni tongda Mali poytaxi Bamako shahrida joylashgan Radisson Blu mehmonxonasida otishma sodir bo‘lgandi. Jinoyatchilar 170 nafar odamni garovga olishgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea natijasida 9 nafar odam halok bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish