Jahon | 18:39 / 20.11.2015
6273
1 daqiqa o‘qiladi

Oktyabr oyi barcha harorat rekordlarini yangiladi

Joriy yilning oktabri 1800 yildan boshlangan kuzatuvlar tarixida eng issig‘i bo‘ldi. O‘tgan oy barcha oktabr oylarining rekordini yangiladi va “normal” global haroratdan eng katta og‘ishni namoyon qildi.

Standart hisoblanuvchi bu haroratlar 1951 yildan 1980 yilgacha davr ichida qayd etilgan. Ma'lumotlar haroratni uzoq muddatdan beri kuzatib boruvchi NASA’ning Goddard instituti tomonidan to‘plangan.

O‘tgan yildagi qish kuzatuvlar tarixidagi eng iliq qishlardan biri bo‘ldi. 2012 yil ham rekord darajada iliq bo‘lgan, biroq ko‘rinishicha, 2015 yil eng ilig‘i bo‘ladi.

Ekstremal harorat sanoat inqilobigacha bo‘lgandagidan 4 marta ko‘proq uchraydigan holat bo‘lmoqda va yil sayin vaziyat qiyin nazorat qilinuvchi bo‘lib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish