Jahon | 13:36 / 20.11.2015
2642
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonada Qozog‘iston va Afg‘oniston prezidentlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2015 yilning 20 noyabr kuni Ostonaga rasmiy tashrif bilan kelgan Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzay qozog‘istonlik hamkasbi Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv chog‘ida ikki davlat yetakchisi savdo-iqtisodiy, transport, agrar va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, xalqaro siyosiy kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Nazarboyev Afg‘oniston xalqi bugungi kunda duch kelayotgan jiddiy qiyinchiliklarni to‘g‘ri tushunishini ta'kidlab o‘tdi.

“Oxirgi paytlarda barqarorlashish jarayoni kuzatilmoqda, va biz bundan xursandmiz. Siz xalqni birlashtirib, milliy birlik hukumatini yaratishga intilmoqdasiz. Bu muhim, biz sizning bu qaroringizni hurmat qilamiz”, - dedi Nazarboyev.
O‘z navbatida, Ashraf G‘ani Nazarboyevga va Qozog‘iston xalqiga ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, u Qozog‘istonning oxirgi yillarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlarini e'tirof etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish