16:04 / 20.11.2015
4001

O‘zbekistonda AKT sababli kutubxonachilarning 20 foizi ishdan bo‘shatilishi mumkin

2016 yilda O‘zbekistonda axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlari xodimlarining soni raqamli texnologiyalarning taraqqiy etgani bilan bog‘liq ravishda 20 foizga kamayishi mumkin, deya xabar bermoqda Sputnik.

Mazkur choralar byudjyet siyosatini takomillashtirish va ta'lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi va rivojlantirilishiga yo‘naltirilgan. Mutaxassislarning fikricha, bunday vaziyatda kutubxonachining roli ikkinchi darajaga tushadi, foydalanuvchilar esa elektron kataloglar va kutubxona ma'lumotlar bazasiga murojaat qilib, ko‘proq kompyuter tizimlari bilan ishlaydi.

Ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnik bazasi kompyuter texnikasi va axborot resurslari, jumladan, elektron ko‘rinishdagi adabiyotlar bilan ta'minlanish hisobiga sezilarli darajada mustahkamlandi.

Top