Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Markaziy Osiyo uchuvchilari uchun trening markazi tashkil etiladi
Xalqaro havo transporti uyushmasi (IATA) 2016 yili Toshkentda Markaziy Osiyo fuqarolik aviatsiyasi uchuvchilari uchun trening markazi yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy kompaniyasi vakili xabar berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, aviakompaniyaning o‘quv-mashg‘ulot markazi negizida IATA’ning sertifikatlarini olish uchun trening markazi tashkil qilinadi, u Markaziy Osiyo davlatlari uchish personalining malaka oshirishiga mo‘ljallanadi.
“Markaz yaratilishi masalasi va uning strukturasi IATA vakillari va aviakompaniya mutaxassislari o‘rtasida shu hafta Toshkentda o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi”, - keltiradi Sputnik agentligi.
“Bu Toshkentdagi markazning ta'lim berish yo‘nalishlarini kengaytirish va fuqarolik aviatsiyasi personalini tayyorlash darajasini mintaqaviy miqyosda oshirishga yordam beradi”, - dedi agentlikning suhbatdoshi.