14:54 / 20.11.2015
2570

Poroshenko terrorchilardan qo‘rqmaslikka va ularga qarshi birlashishga chaqirdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Italiyaga qilgan rasmiy tashrifi vaqtida terrorchilik tahdidlaridan qo‘rqmasdan unga qarshi birlashib kurashish lozimligini ta'kidladi, deya xabar bermoqda UNIAN.

Poroshenkoning qayd etishicha, Fransiyadagi terakt faqatgina begunoh odamlarning qurbon bo‘lishiga emas, balki boshqa har qaysi hududning tinch hayotini buzishiga va ularga xavf tug‘dirishga sababchi bo‘ldi.

«Frantsuzlarning «Biz qo‘rqmaymiz» deya yozib, keyin «Marseleza»ni kuylashganini ko‘rib qoyil qoldim. Bu Fransiya va Yevropa borishi kerak bo‘lgan yo‘l. Biz birgalikda yagona aksil terror koalitsiyasi bo‘lishimiz kerak», — deya ta'kidladi prezident.

Ukraina prezidenti, terrorizm ustidan g‘alaba qozonish uchun butun dunyo «kuchli birdamlik» hosil qila olishiga ishonchi komil ekanini qayd etdi.

Uning fikricha, terrorchilik hujumlaridan keyin Yevropa yanada kuchliroq bo‘lishi lozim.

Top