Jahon | 18:32 / 20.11.2015
2462
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iz hukumati a'zolari bir kunlik maoshini zilziladan zarar ko‘rganlarga ajratishmoqda

Qirg‘iziston hukumati a'zolari o‘zlarining bir kunlik ish haqlarini O‘sh viloyatida so‘nggi marotaba sodir bo‘lgan zilziladan aziyat chekkanlar hisob raqamlariga o‘tkazib berishmoqda. Bu haqda Qirg‘iz hukumati axborot ta'minoti bo‘limi xabar qildi.
“Ma'lumki, bo‘lib o‘tgan zilzilalar natijasida ko‘p miqdordagi turar-joy binolari shikastlandi. Ko‘plab oilalar vaqtinchalik yashash joylariga ko‘chishmoqda. Meteorologik sharoitlar esa jabrlanganlar holatini yanada murakkablashtirmoqda”, - deyiladi hukumat xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 17-18 noyabr kunlari Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 7 ballik zilzila qayd etildi. Natijada viloyatdagi 570 xonadon istiqomat qilish uchun yaroqsiz holga kelib qoldi. Ayni paytda mamlakatda yer silkinishlaridan aziyat chekkanlarga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish