23:42 / 20.11.2015
7166

Qirg‘izistonning Issiq-ko‘l vilotida yaponiyalik ikki oyda qirg‘izchani o‘rganib olib, talabalarga oshpazlikdan saboq bermoqda

Qirg‘izistonning Issiq-ko‘l vilotida yaponiyalik ko‘ngilli Yori Sakaniva ikki oyda qirg‘izchani o‘rganib olib, endi talabalarga oshpazlikdan saboq bermoqda, deb xabar bermoqda Turmush nashri muxbiri.

Ma'lum qilinishicha, 28 yoshli yapon Qirg‘izistonga ko‘ngilli sifatida kelgan. U maxsus kurslar yordamida ikki oy ichida qirg‘iz tilini o‘rganib olgan va qirg‘izchada gaplasha boshlagan. Hozir yapon yigiti Qorako‘l shahridagi 2-sonli kasb-hunar litseyida talabalarga oshpazlikdan master-klasslar o‘tkazmoqda.

Yorining aytishicha, unga bu yerda Azamat deb ism qo‘yib olishgan.

“Men Qorako‘lda ikki oydan beri yashamoqdaman. Talabalarni taom tayyorlashdan nimalarni bilsam, shunga o‘rgatyapman. O‘zim esa manti, beshbarmoq, lag‘mon va somsa tayyorlashni o‘rganib oldim. Barcha taomlar juda mazali va antiqa”, deb aytdi Yori.

Yori-Azamatning aytishicha, qirg‘iz taomlarining barchasida go‘sht ishlatiladi va qirg‘izlar undan doimo foydalanadilar.

Talabalar qirg‘iz tilini oz fursat ichida o‘rganib, ularga oshpazlik sirlarini o‘rgatayotgan o‘zlarining yaponiyalik ustozlaridan juda faxrlanishlarini aytmoqdalar.

Top