Jahon | 14:20 / 20.11.2015
4123
2 daqiqa o‘qiladi

Rada deputati xavfsizlik xizmati xodimini do‘pposladi

Ukraina Oliy Radasi fraksiyadan tashqari deputati Vladimir Parasyuk korrupsiyani bartaraf qilish va unga qarshi kurash masalalari bo‘yicha parlament qo‘mitasi yig‘ilishida janjal uyushtirdi, deb xabar beradi “112 Ukraina” kanali.

Yig‘ilish chog‘ida Ukraina xavfsizlik xizmati korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Vasiliy Pisnoy Maydon uchun Parasyukdan ko‘ra ko‘proq ish qilganini taxmin qilib ko‘rdi. Bunga javoban deputat uning oldiga yugurib kelib, maxsus xizmat xodimining boshiga oyog‘i bilan zarba berdi. Shundan so‘ng qo‘mita rahbari Yegor Sobolev yig‘ilishni to‘xtatdi.

Mushtlashuv kadrlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ko‘rsatildi.
Keyinchalik Parasyuk harakatlaridan afsusdamasligini aytib, Pisnoyni korrupsiyada aybladi.
“Bu menning emotsional javobim edi. Meni va yaqinlarimni haqorat qilishlariga yo‘l qo‘ymayman”, - ta'kidladi deputat.
Pisnoy ayni paytda bosh prokuraturada ko‘rsatma bermoqda, deb xabar berdi telekanal.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish