Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rodriges va Malkovich 100 yildan so‘ng namoyish qilinadigan film suratga olishdi
Rejissyor Robert Rodriges va aktyor Jon Malkovich roppa-rosa 100 yildan so‘ng – 2115 yil 18 noyabrida namoyish etiladigan filmni suratga olishdi. Variety nashrining yozishicha, ular filmni maxsus kapsulaga joylashtirib, Fransiyadagi Lyudovik XIII ning uyida berkitib qo‘yishgan. Loyihani Louis XIII konyak brendi buyurtma qilgan.
Tasma syujyeti haqida ma'lumotlar oshkor qilinmayapti, ammo unda kelajak haqidagi turli farazlar aks etgani aytilmoqda. Film ijodkorlari YouTube’da 3ta tizer e'lon qilishdi, ularda bitta sahna uch xil dekoratsiyalarda namoyish qilingan va har biri kelajak rivojining turli variantlarini aks ettiradi.
“Bu yuqori texnologik kelajak va kompyuterlar kulti, Postchernobil kelajagi yoki tabiatga qaytish bo‘lishi mumkin, yoxud retrokelajak bo‘lishi mumkin, ya'ni u 1940-1950 yillar fantastikasida aks etganiday bo‘lishi mumkin”, - tushuntirdi Malkovich.
Film bilan birga mingta metall chipta ishlab chiqarildi. Uni xarid qilganlarning avlodlari filmni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.