Jahon | 00:51 / 20.11.2015
6621
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya harbiy-koinot kuchlari Suriyada IShIDning uchta yirik neft majmuasini yo‘q qildi

Rossiya bombardimonchi samolyotlarining Suriyadagi zarbalari oqibatida IShIDning bosh qarorgohi hamda uchta yirik neft majmuasi va neft haydovchi stansiyasi yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Bu haqda Bosh shtab bosh tezkor boshqarma boshlig‘i Andrey Kartapolov ma'lum qildi.

“Zarbalar natijasida jangarilarning bosh qarorgohi, uchta yonilg‘i-moy materiallari va o‘q-dori ombori, portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavod, qo‘mondonlik punkti, minomyotlarni ishlab chiqarish va ta'mirlash ustaxonasi, uchta yirik neft majmuasi va neft haydovchi stansiyasi yo‘q qilindi”, deb aytdi Kartapolov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish