Jahon | 09:46 / 20.11.2015
3134
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik ko‘ngillilar rus tili bo‘yicha bepul darslar o‘ta boshladi

Rossiyada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik ko‘ngillilar tomonidan mehnat muhojirlarining bolalari uchun rus tili bo‘yicha bepul darslar tashkil etildi.

“Deti Peterburga” tashkiloti qoshida Markaziy Osiyo mehnat muhojirlari uchun qator kurslar uch yildan buyon ishlab kelmoqda. 2012 yil bahoridan boshlab maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun rus tili kurslari tashkil etilgan edi.

Ayni paytda, ta'kidlanishicha, tashkilot qoshida ingliz tili va matematika bo‘yicha ham kurslar tashkil etilgan. Shuningdek, ko‘ngillilar bolalar bilan teatr va kinoga borishadi.

Deti Peterburga” qoshidagi kursga tashrif buyuruvchi bolalarning aksariyati asli O‘zbekistondan, Qirg‘izistondan yoki Tojikistondandir. Ularga nafaqat rus tili, balki o‘z ona tillari ham o‘rgatiladi. Jumladan, ko‘ngillilar yaqinda bolajonlar ko‘magida tashkilot saytining o‘zbekcha versiyasini yarata oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish