22:50 / 20.11.2015
15715

Rossiyaning bir dona aviazarbasi oqibatida 600 jangari yo‘q qilindi

Rossiya harbiy aviatsiyasi tomonidan Suriyaga berilgan aviazarbalardan biri natijasida 600 ga yaqin jangari yo‘q qilindi, deb ma'lum qildi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.

“Jangarilar katta talofat ko‘rmoqda. Qanotli raketalar bilan birgina Dayr-az-Zo‘rdagi obektlarning biriga berilgan zarbalar natijasida 600 dan ko‘proq jangari yo‘q qilindi”, deb aytdi Shoygu.

Shoygu Vladimir Putinga 23 ta jangarilarni tayyorlash bazasi, 19 zavod va 47 ta ombor yo‘q qilinganini ma'lum qildi.

“Umumiy hisobda havo operatsiyasi davomida strategik va tezkor-taktik aviatsiya 522 ta parvoz amalga oshirdi, havo va dengizdan 101 ta qanotli raketa uchirildi, 1,4 ming tonna turli maqsaddagi bomba tashlandi. Hammasi bo‘lib dushmanning 826 ta obekti yo‘q qilindi”, deb qo‘shimcha qildi mudofaa vaziri.

Putin harbiylarning hisobotlari bilan tanishish paytida terrorchilar bilan kurash muvaffaqiyatli ketayotgani, biroq bu kamlik qilishini ta'kidlab o‘tdi.

Top