Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Suriya muxolifatini birlashtirish bo‘yicha anjuman o‘tkazadi
Saudiya Arabistoni dekabrda Suriya muxolifatini birlashtirish bo‘yicha anjuman o‘tkazadi, deb xabar bermoqda “Al-Arabiya” telekanali.
Anjuman o‘tkazilishining aniq sanasi ma'lum qilinmayapti.
Avvalroq Suriya muxolifati Ar-Riyodda BMT maxsus elchisi Staffan de Mistura bilan uchrashuv o‘tkazilishi imkoniyatini muhokama qilayotgani ma'lum qilingandi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Venadagi uchrashuvda Suriya hukumati va muxolifati o‘rtasidagi muzokaralar 1 yanvardan kech bo‘lmagan sanada o‘tkazilishiga qaror qilinganini ma'lum qilgandi.