00:26 / 20.11.2015
3107

Shvetsiya bundan buyon qochqinlar uchun boshpana ajratmaydigan bo‘ldi

Shvetsiya migratsiya boshqarmasi mamlakat endi qochqinlar uchun boshpana ajratmasligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.

Aniqlik kiritishlaricha, bu qaror bolalik oilalarga taalluqli emas. Boshqa muhojirlar o‘zlari mustaqil ravishda boshpana izlashlariga to‘g‘ri keladi.

Manbaning xabar berishicha, muammo chegara nazorati o‘tkazish jarayonlarida kelib chiqmoqda. Shu bois aksariyat qochqinlar endi Malmeda ro‘yxatdan o‘tadi va o‘sha yerda qoladi.

Top