Jahon | 12:46 / 20.11.2015
2402
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada terakt tayyorlayotganlikda gumon qilingan iroqlik qo‘lga olindi

Shvetsiyada Iroq fuqaroligiga ega bo‘lgan 25 yoshli yigit terakt sodir etishga tayyorlanganlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan. Bu haqda The Local nashri xabar bergan.

Shvetsiya xavfsizlik xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu shaxs 19 noyabr kuni kechasi hibs qilingan.

"Uni qo‘lga olish vaqtida favqulodda hodisalar sodir bo‘lmadi, ayni vaqtda u so‘roq qilinmoqda", deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, gumondorni qo‘lga olish uchun Buliden shahrida tashkil etilgan qochqinlarni qabul qilish markazida maxsus amaliyot o‘tkazilgan.

Guvohlardan birining aytishicha, gumondor deraza orqali qochishga tutingan, lekin politsiya osonlik bilan uni tutib olgan.

Biroz oldinroq, Shvetsiya tomoni bundan keyin qochqinlarni qabul qilishni to‘xtatishi haqida ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish