Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkish Airlines aviakompaniyasining 3 nafar xodimi Malidagi mehmonxonadagi asirlikdan qochib chiqdi
Turkish Airlines aviakompaniyasining vakili ma'lumotiga ko‘ra, kompaniyaning 3 nafar xodimi Mali poytaxtida jangarilar tomonidan olingan mehmonxona ichidan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda Sky News Arabia nashri xabar tarqatgan.
"Mehmonxonada kompaniyamizning 7 nafar xodimi bor edi. Ulardan 3 nafari hozirda ozod bo‘lgan", deb tasdiqlaydi Turkiya TIV matbuot xizmati.
Reyter nashrining qayd etishicha, ayni vaqtda ushbu xodimlar mustaqil ravishda qochib chiqqani yoki maxsus xizmatlar tomonidan qutqarib olingani bo‘yicha aniq ma'lumot yo‘q.
Bundan oldinroq, 20 noyabr kuni tongida Mali poytaxtidagi Radisson Blu mehmonxonasi oldida portlash va otishma sodir etilib, mehmonxonadagi 170 kishi (shundan 140 nafari istiqomatchilar, 30 nafari xodimlar) asir qilingani haqida xabar berilgandi.