10:21 / 20.11.2015
5673

Ulug‘bek Rahmatullayevning muxlisi soxta chipta bilan qo‘lga olindi

Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning konsertiga oshiqayotgan muxlisning qo‘lidagi chipta nazorat chog‘ida soxta ekanligi aniqlandi. Bu haqda “Darakchi” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, nazoratchilar chiptani tekshirayotganida uning soxtaligi ma'lum bo‘lgan. Unga “Istalgan vaqtda faqat bir marta tashrif buyurasiz” degan yozuvning tushirilgani ayniqsa shubhali bo‘lgan.

Keyingi surishtiruvdan ma'lum bo‘lishicha, muxlis bu chiptani qo‘ldan sotib olgan hamda uning soxtaligini payqmagan.
Muammo qanday hal qilingani haqida nashr axborot bermadi.

Top