10:41 / 20.11.2015
3219

Xitoyda 125 millard dollar o‘zlashtirilgan 170ta holat fosh qilindi

Xitoy Xalq banki XXR Jamoatchilik xavfsizligi vazirligi bilan hamkorlikda 2015 yil aprel oyidan buyon umumiy miqdori 800 millard yuan (125,34 mlrd dollar)dan oshadigan noqonuniy bank amaliyotlari va pul mablag‘larining o‘zlashtirishi bilan bog‘liq 170 holatni aniqladi. Bu haqda “Jenmin jibao” nashri xabar qildi.

“Ayni paytda maxfiy banklar nafaqat kapital yig‘ishning noqonuniy vositasiga, balki nohaq yo‘llar bilan topilgan pullarni o‘zlashtirish usuliga ham aylandi”, - deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid solayotgan terroristik tashkilotlarni moliyalashtirish uchun maxfiy banklardan foydalanish mumkin.

Noqonuniy faoliyat Xitoy chegaralaridan chiqib, “kulrang kapital” xorijga yo‘naltirilib, mamlakat moliya bozorlari va valyutani nazorat qilish tizimi faoliyatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Top