Jahon | 01:19 / 21.11.2015
11053
1 daqiqa o‘qiladi

Internetda Rossiyaning Kaspiy floti IShID pozitsiyalariga raketalar otgani videosi joylashtirildi

Rossiya Mudofaa vazirligi YouTube’dagi kanalida Kaspiy dengizidan rus kemalaridan “Kalibr-NK” qanotli raketalari otilgani tasvirlangan videoni chop etdi.

20 noyabrda Kaspiy floti kemalari Raqqa. Idlib va Halab viloyatlaridagi 7 ta nishonga 18 ta qanotli raketa uchirdi. Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, barcha nishonlar yo‘q qilingan.

Shuningdek, vazirlik terrorchilar pozitsiyalariga aviazarbalar amalga oshirgan Rossiya harbiy-koinot kuchlari aviatsiyasining jangovor parvozlari videosini ham joylashtirdi.

Yana bir videoda Suriyadagi “Xmeymim” aviabazasidagi uchuvchilar parvoz oldidan bombalarga jangarilar uchun noma – “Biznikilar uchun” va “Parij uchun” degan yozuvlarni yozayotganlari tasvirlangan.