Jamiyat | 11:10 / 21.11.2015
2599
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada kasaba uyushmalari ustidan ommaviy ravishda tintuv o‘tkazildi

Janubiy Koreya poytaxti Seulda o‘tkazilgan ommaviy noroziliklar sabab mamlakat politsiyasi ksaba uyushmalari ofislarida tintuv ishlarini olib borgan. Bu haqda “Renxap” agentligi ma'lum qilgan.

Tintuvlar sakkiz kasaba uyushmasining 12 ta ofisida, shuningdek, Koreya kasaba uyushmalari konfederatsiyasida ham o‘tkazilgan. Politsiya xodimlarida hukumatga qarshi norozilik o‘tkazgan 130 ming kishi haqida ma'lumotlar bo‘lgan. Noroziliklarga sabab hukumatning tarix o‘quv kitoblarini o‘zgartirish va mehnat bozoridagi islohotlariga qarshi tashkillashtirilgan.

Hukumatning ma'lum qilishicha, bunday tartibsizliklar kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirib kelingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish