Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 21 noyabr kuni O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.
O‘zbekistonda navbatdagi zilzilalar sezildi>>
21 noyabrda tonggi soat 5:16 da Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida kuchsiz zilzila sezildi.
"Paxtakor" 11-marta O‘zbekiston chempioni bo‘ldi>>
Bugun, 21 noyabr kuni Oliy liga 30-turi doirasida oxirgi uchrashuvlar o‘tkazildi va milliy chempionatning joriy mavsumi yakunlandi.
Bugun Oybek va Nigoraning nikoh to‘yib bo‘lib o‘tadi>>
Bugun, 21 noyabr kuni o‘zbek estradasidagi xonandalar Oybek hamda Nigoraning nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tadi.
Toshkentdagi "Parlament" kafesida yong‘in kelib chiqdi>>
Bugun, 21 noyabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan "Parlament" kafesida yong‘in kelib chiqdi.
O‘zbekiston ko‘proq hajmda uran va oltin qazib olishni rejalashtirmoqda>>
O‘zbekiston tog‘-kon faoliyatini faollashtirib, xalqaro bozordagi mavqeini mustahkamlamoqchi. O‘zbekiston barcha e'tiborini oltin, uran va mis qazib olishga qaratadi va shu maqsadda xorijiy investitsiyalarni izlamoqda. Joriy yilda qo‘shma korxonalar tashkil qilish uchun 540 ta kondan foydalanishga ruxsat berilgan.
O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda noqonuniy o‘q-dori bilan qo‘lga tushdi>>
O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs Qozog‘istonning Mangistau viloyatida mashinada o‘q-dori olib ketayotganida qo‘lga olindi.
Toshkentda zaruriy tadbirlar o‘tkazilishi natijasida gaz bosimi taqsimoti barqarorlashtirildi>>
Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish davomida gaz taqsimoti tizimi katta ko‘lamda rekonstruksiya qilindi. Eski gaz quvurlari to‘liq almashtirildi. Buning evaziga Toshkentning barcha tumanlarida gaz bosimi taqsimoti yaxshilandi.
Huquq-tartibot organlari tomonidan qariyb 2 mlrd so‘mlik kontrafakt mahsulotlari musodara qilindi>>
2015 yilning 9 oyi mobaynida kontrafakt mahsulotlarning umumiy qiymati 1 841 786 500 so‘mni tashkil qildi.
Igor Sergeyev 23 ta gol bilan Oliy liga to‘purariga aylandi>>
Hujumchi "Andijon"ga qarshi kechgan so‘nggi tur uchrashuvining 72-daqiqasida penaltidan va 84 daqiqada o‘yindan gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Yana bir o‘zbekistonlik dzyudochi Tsindaodagi turnirda sovrindor bo‘ldi>>
Xitoyning Tsindao shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turniri davom etmoqda. Musobaqada 59 davlatning jami 379 nafar dzyudochilari tatamiga chiqishyapti.