08:48 / 21.11.2015
2395

Malidagi mehmonxonaga jangarilar hujumi tufayli bir amerikalik halok bo‘lgan

AQSh davlat departamenti Malidagi mehmonxonaga jangarilar hujum uyushtirishi oqibatida halok bo‘lganlar orasida bir amerikalik ham borligini ma'lum qildi.

Bundan oldinroq, Malidagi terakt tufayli halok bo‘lganlar orasida Fransiya va AQSh fuqarolari bo‘lmagani aytilgandi.

Fransiya mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian teleefirdan turib, shu haqda ma'lumot bergan.

AQSh Davlat departamenti esa mehmonxonada garovga olinganlar orasida AQSh elchisi va diplomatik missiya a'zolari bo‘lgani, ular sog‘-salomat qutqarilgani to‘g‘risida ma'lum qilingandi.

Shu bilan birga qurbonlar orasida amerikaliklar yo‘qligi qayd etib o‘tilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr kuni ertalab Mali poytaxti Bamako shahridagi Radisson Hotel Bamako mehmonxonasiga jangarilar bostirib kirdi va 170 kishini asirga oldi.
Garovdagilarni qutqarish uchun o‘tkazilgan amaliyotda Fransiya va AQSh, shuningdek BMT tinchlikparvar kuchlari vakillari ishtirok etishgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra bu xuruj oqibatida 27 kishi halok bo‘lgani aytilgan.

Top