Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migel Kotto Saul Alvares bilan jangi uchun 15 mln dollar oladi
22 noyabrga o‘tar kechasi AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Mandalay Bay arenasida o‘tkaziluvchi boks oqshomining markaziy jangi o‘rta vazn toifasida bo‘lib o‘tadi.
Unda bir nechta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, kuni kecha WBC qaroriga ko‘ra ushbu yo‘nalish chempionlik kamaridan mahrum qilingan puerto-rikolik 35 yoshli Migel Kotto birinchi o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni meksikalik 25 yoshli Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi ringga ko‘tariladi.
Boxing News24 nashri xabariga ko‘ra Kotto bu jang uchun 15 mln dollar, Alvares esa 5 mln dollar olishi kafolatlangan. Bu gonararlar miqdori jang teletranslyatsiyasidan tushgan foyda evaziga ortishi mumkin.
Kotto WBC kamariga o‘tgan yilning iyunida argentinalik Serxio Gabriel Martinesni mag‘lub etish orqali erishgandi. Shu yilning iyunida u avstriyalik Deniel Gilga qarshi himoya jangini o‘tkazib, 4-raundda nokaut evaziga g‘alaba qilgan.
Ma'lumot uchun, 35 yoshli bokschi Kottoning hisobida 40ta g‘alaba (33ta nokaut), 4ta mag‘lubiyat mavjud.
25 yoshli Alvares esa 45ta g‘alabali (32 nokaut), bitta mag‘lubiyatli jang o‘tkazgan.