18:42 / 21.11.2015
5841

Olmaota viloyatida 9-sinf o‘quvchisi o‘z sinfdoshining qotiliga aylandi

Qozog‘istonning Olmaota viloyati, Talg‘ar shahridagi 2-sonli maktabning 9-sinfida ta'lim oluvchi 15 yoshli ikki nafar o‘quvchisi o‘rtasida tanaffus paytida bahs chiqdi. Dahanaki jang mushtlashuvga aylanib ketdi. Janjalkashlar ajratilgandan keyin, ular munosabatlarni maktab tashqarisida davom ettirishga qaror qilishdi. Mushtlashuv bo‘lishi haqida janjalkashlardan biri o‘zining parallel sinfda tahsil oluvchi do‘stiga xabar berdi. U bola jismonan baquvvatroq bo‘lib, barcha 9-sinf bolalarining “ta'zirini berib qo‘ymoqchi” bo‘ldi. U barcha o‘quvchilarni bir safga tizib qo‘yib, ularning ko‘krak va qorin sohasiga ura boshlagan. 

Bunday zarbalardan biri bolalar orasida eng yuvosh bo‘lgan bolaning o‘limiga olib kelgan. Politsiyachilarning dastlabki taxminiga ko‘ra, o‘quvchi qorajigari yorilganidan vafot etgan. Ushbu holat yuzasidan sudgacha tergov boshlangan.

Top