12:29 / 21.11.2015
4856

O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda noqonuniy o‘q-dori bilan qo‘lga tushdi

O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs Qozog‘istonning Mangistau viloyatida mashinada o‘q-dori olib ketayotganida qo‘lga olindi. Bu haqda "Lada" portali xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, mangistaulik bojxonachilar O‘zbekiston fuqarosini VAZ-2114 rusumli mashina orqali ikki mamlakat chegarasidagi "Tajyen" o‘tish punktida noqonuniy moddalar tashiyotgan vaqtda qo‘lga olishgan. Tekshiruv vaqtida o‘qotar qurollar uchun mo‘ljallangan 14ta patron va 199ta o‘q aniqlangan.

Ayni vaqtda bu hodisa bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda.

Top