Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston madhiyasi bir vaqtning o‘zida 35 ming kishi tomonidan kuylangan lahza
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining Instagram`dagi sahifasi O‘zbekiston va Shimoliy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi JCh—2018 saralash uchrashuvi arafasida madhiyalar yangragan vaqtda olingan qisqa videoni e'lon qildi.
"Paxtakor" stadionidagi muxlislar terma jamoa bilan birga O‘zbekiston madhiyasini kuylamoqda", — deya videoga ilova qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Shimoliy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi JCh—2018 saralash uchrashuvida o‘zbekistonlik futbolchilar 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.