20:14 / 21.11.2015
53465

Ozodbek Nazarbekov Muhriddin Xoliqovning kenja o‘g‘li nikoh to‘yiga bosh-qosh bo‘ldi

Bugun, Toshkent shahrida yana bir yulduzli to‘y bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek estradasi olami vakillarining aksar qismi Oybek va Nigoraning nikoh bazmida yig‘ilishgan kunda shahardagi boshqa to‘yxonada marhum qo‘shiqchi Muhriddin Xoliqovning kenja o‘g‘li bo‘lmish Odil Xoliqovning nikoh to‘yi marosimi o‘tkazildi.

To‘y kunida marhum san'atkorning shogirdi, O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bosh-qosh bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, Muhriddin Xoliqov 1959 yilning 5 sentabrida Namangan viloyatida dunyoga kelgan. 2000 yilda olamdan o‘tgan.

Sherali Jo‘rayevning shogirdi va izdoshi sifatida xalq orasida tanilgan bu xonandaning o‘zi Ozodbek Nazarbekov, Abdulla Qurbonov va Anvar Sanayev kabi shogirdlar yetishtirgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga ega bo‘lgan marhum xonandadan 3 o‘g‘il va bir qizdan tashqari ulkan meros qolgan.

Uning "Qiz bola", "Parizod", "Toparman", "Nargiz", "Boqma", "Dildora", "Bu dunyo", "Besh kunlik dunyo", "Alamli dunyo", "Jonon", "Bugun seni uzatamiz", "Layli", "Komila", "Sumbula", "Ey nozanin dilbar", "Bolalar uyining bolasi" kabi qo‘shiqlari el suygan qo‘shiqlar sifatida hozirgacha qadrlanib kelinadi.

Top