09:03 / 21.11.2015
5337

Reuters: Rossiya Livanni uch kunlik harbiy-dengiz mashg‘ulotlari o‘tkazishi haqida ogohlantirdi

Rossiya Livan hukumatini Livan fuqarolik aviatsiyasi parvozlariga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan uch kunlik harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazishni rejalashtirayotganidan ogohlantirdi, deb xabar bermoqda Milliy yangiliklar agentligiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.  

Agentlik Rossiya flotining telegrammasiga iqtibos keltirmoqda, unda manyovrlarni mahalliy vaqt bilan yarim tunda boshlash rejalashtirilayotgani ta'kidlangan.

Rossiya Mudofaa vazirligida ushbu holat yuzasidan izohlar berishdan bosh tortishdi. 

Daily Star Lebanon nashri Bayrutdagi xalqaro aeroportga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, yaqin uch kunda Rossiya mashg‘ulotlari tufayli Livan havo harakatida uzilishlar kutilmoqda.

Avvalroq Livan tashqi ishlar vaziri Jabron Bosil Bayrut terrorchilikka qarshi kurashda Rossiyaga yordam so‘rab murojaat qilishi mumkinligini aytgan edi.

Top