Jahon | 18:15 / 21.11.2015
3476
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya FVV Qirg‘izistondagi zilzila jabrlanuvchilariga yordam ko‘rsatadi

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qirg‘izistondagi zilzilalar oqibatlariga qarshi kurash ishlarida o‘z yordami bilan qatnashadi.

Rossiya FVV rahbari Vladimir Suchkovning ma'lum qilishicha, Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Kubatbek Bo‘ronovga shu bo‘yicha murojaat yo‘llangan.

"Rossiya favqulodda vaziyatlar xizmati Qirg‘iziston hukumati rozi bo‘lsa, zilziladan jabr ko‘rganlarga yordam beradi va insonparvarlik yordami jo‘natadi", deyiladi murojaatda.

Biroz oldinroq, Qirg‘iziston TIV rahbari o‘rinbosari Asqar Beshimov Rossiyaning Bishkekdagi elchisi Andrey Krutko bilan uchrashuv vaqtda joriy hafta boshida O‘sh va Jalolobodda ro‘y bergan zilzila talofatlariga qarshi kurashish uchun yordamga zarurat mavjudligi haqida aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, hafta boshida Qirg‘iziston hududida bir necha marta zilzila (eng kuchlisi 7 ball) ro‘y berdi va yuzlab oilalar boshpanasiz qoldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish