Sport | 23:18 / 21.11.2015
4969
1 daqiqa o‘qiladi

Suares darvozabon Keylor Navasning “Santyago Bernabeu”dagi rekord natijadagi dahlsiz seriyasiga yakun yasadi

Ispaniya primerasining 12-turida “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi navbatdagi “el-klasiko” uchrashuvining 12-daqiqasida kataloniyaliklar hujumchisi Luis Suares madridliklar darvozaboni Keylor Navasning darvozasini ishg‘ol qila oldi. Shu tariqa “Real” darvozabonlari uchun “Santyago Bernabeu”da tarixda eng uzoq davom etgan darvozalar dahlsiz qolgan o‘yinlar seriyasi yakun topdi.

Keylor Navas “Real”ning uy maydonida o‘z darvozasini 885 daqiqa davomida birorta to‘p o‘tkazmay, dahlsiz qoldirishga muvaffaq bo‘lib kelayotgan edi.

Uchrashuv ayni paytda davom etmoqda.  “Barsa” 0:2 hisobida oldinda bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish